Nahotki? Qishda soqol qo‘yish xavflimi?

Nahotki? Qishda soqol qo‘yish xavflimi?

Gripp va ORVI mavsumida erkaklar soqol yoki mo‘ylovini puxta parvarishlashi talab etiladi yoki qirib tashlashi lozim, dedi Moskva aholiga dastlabki tibbiy ko‘rsatish departamenti bosh mutaxassisi Andrey Tyajelnikov. RIA Novosti xabariga asosan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, soqol hozir modaga kirgan, ba’zi odamlar soqol va mo‘ylov sovuqda issitadi deb o‘ylaydi.

Mutaxassis ta’kidlashicha, soqol va mo‘ylov viruslar o‘chog‘i sifatida foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltiradi.

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, inson soch tolasi filtrga o‘xshaydi, u bakteriyalarni o‘ziga tortish va ushlab turish xususiyatiga ega. Namlik va issiqlik esa qalin sochlarda mikroorganizmalarni ko‘payishiga qulay sharoit yaratadi.

Ayniqsa qish mavsumida yuzda zararli bakteriyalar uchun xafli “inkubator” bo‘lishi mumkin.

Soqol va mo‘ylov sababli kasal odamda kasallik qaytalashi mumkin. Soqol yoki mo‘ylovdagi viruslar quchoqlash, o‘pish va boshqa teginish orqali yuqishi mumkin, deb ogohlantirdi mutaxassis.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!