Nahotki?! Ommaviy emlash boshlanguncha koronavirusdan o‘lim holatlari ancha ortishi mumkin

Nahotki?! Ommaviy emlash boshlanguncha koronavirusdan o‘lim holatlari ancha ortishi mumkin

JSST  koronavirusga qarshi ommaviy emlash ishlari boshlangunga qadar ushbu infeksiyadan o‘lim holatlari 2 millionga yetishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda. 

Ayni paytda koronavirus qurbonlari soni 1 millionga yaqinlashyapti. JSSTning sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda holatlar bo‘yicha dasturi direktori Maykl Rayanning ta’kidlashicha, agar davlatlar pardemiyani tizginlash uchun yetarli choralar ko‘rmasa, ko‘rsatichlar yanada yuqorishi bo‘lishi hech gap emas. 

Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 32 million 600 mingdan oshdi, mazkur infeksiya tufayli vafot etganlar soni esa 990 mingga yaqinlashdi.

Kasallanish holatlari eng ko‘p AQSh (7 mln.), Hindiston (5,9 mln.) va Braziliyada (4,6 mln.) qayd etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!