Nahotki?! Bir xonali uylar o‘limga sabab bo‘lishi mumkin!

Nahotki?! Bir xonali uylar o‘limga sabab bo‘lishi mumkin!

Bir xonali uylarda yashash insonda jismoniy va ruhiy kasalliklarni keltirib chiqaradi, degan xulosaga keldi tibbiy mutaxassislar, deb xabar qiladi ommaviy axborot vositalari.

Olimlarning fikriga ko‘ra, kattaroq joydan mahrum bo‘lgan kishi bezovtalikdan va turli psixosomatik kasalliklardan azob chekadi. Cheklangan joy aqliy kasalliklarga olib keladi, asabiylashish yoki norozilikni kuchaytiradi, tashabbuskorlik va irodaning etishmasligiga sabab bo‘ladi.

Bundan tashqari, bir xonali uylarda odamlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, viruslar va mikroblar shu darajada tezroq va faolroq tarqaladi. Faol harakatlarning mavjud bo‘lmasligi sharoitida chegaralangan hududda yashovchi bolalar tezda semizlikka duchor bo‘lib, immunitetlari zaiflashadi, ko‘pincha nafas olish kasalliklariga ro‘baro‘ bo‘lishadi.

Psixik va jismoniy salomatlik bilan bog‘liq muammolarni bartaraf qilish uchun bir kishiga hayot me’yorlarini imkon qadar ilg‘or qilish tavsiya etiladi. Mutaxassislarning fikricha, nisbatan qulay va osoyishta hayot uchun kamida 9 kvadrat metrlik shaxsiy joyga ega bo‘lish kerak ekan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!