Nafaqadagi Meyvezer bir yilda qancha soliq to‘laganini ma’lum qildi

Nafaqadagi Meyvezer bir yilda qancha soliq to‘laganini ma’lum qildi

Besh vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer o‘tgan yil qancha soliq to‘laganini ma’lum qildi.

Engilmas bokschi bir yil uchun 18 million dollardan ko‘proq soliq to‘lagan.

“O‘tgan yil uchun 18,047,181 dollar soliq to‘ladim. Bu men hozirda nafaqada bo‘lganim uchun kamroq. Agar hali ham boksda bo‘lganimda bu summa ancha ko‘p bo‘lardi”, — deb yozib qoldirgan Floyd.

Eslatib o‘tamiz, 46 yoshli bokschi faoliyati davomida 50 ta jangda ishtirok etib, barchasida g‘alaba qozongan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!