Myanmada 150 nafar rohinja hibsga olindi

Myanmada 150 nafar rohinja hibsga olindi

Myanma hukumati 150 ga yaqin rohinjalikni Malayziyaga qochishga uringanlikda gumon qilib hibsga oldi, deb xabar berdi rasmiylardan biri.

Myanma janubidagi Tanbyuzayat shahrida bir guruh erkaklar, ayollar va bolalar hibsga olindi, dedi ommaviy axborot vositalari bilan gaplashish huquqiga ega bo‘lmagani uchun ismi sir qolishni so‘ragan rasmiylardan biri.

Rasmiy guruh nima uchun hibsga olingani haqida batafsil ma’lumot bermadi, biroq musulmon ozchilik Myanmada ko‘chish yo‘lida bir qator cheklovlarga duch kelmoqda. Inson huquqlari tashkilotlari ular aparteidga yaqin sharoitda yashayotganini aytishdan nariga o‘tmayapti.

“Ular ikki qishloq o‘rtasidagi tepalik o‘rmonda yashiringan ekan... Kecha xabardor bo‘lganimizdan keyin ularni hibsga olishni boshladik”, dedi xavfsizlik manbasi.

Rasmiy shaxsning ta’kidlashicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, guruh g‘arbiy Rakxayn shtatidan qayiqda yetib kelgan va birinchi navbatda Tailandga, keyin esa avtomobil yo‘li bilan Malayziyaga borishni rejalashtirgan.

Manbaga ko‘ra, odam savdosida gumon qilingan bir necha rohinja millatiga mansub bo‘lmaganlar ham hibsga olingan va polisiya yana 30 ga yaqin kishini qidirmoqda.

2017 yilda Myanmadagi harbiy bosim yuz minglab rohinjalarni qotillik, zo‘rlash va tiriklayin yoqilishi oqibatida qo‘shni Bangladeshga qochishga majbur qildi.

Minglab rohinjalar har yili Bangladesh va Myanmadagi lagerlardan Malayziya va Indoneziyaga ko‘chishga urunib, o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yadi. Ularning aksariyati musulmonlardir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!