Mustaqillik bayrami shiori: “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz”

Mustaqillik bayrami shiori: “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz”

O‘zbekistonda mustaqillikning 31 yilligi mazkur shior ostida o‘tkaziladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Unda “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlanishi belgilangan.

Shuningdek, qaror bilan Respublika komissiyasi (A.Aripov) tomonidan quyidagilar amalga oshirilishi nazarda tutilgan:

  • Mustaqillik bayramining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shahar va tumanlar, qishloq va ovullarda keng nishonlanishining ta’minlanishi;
  • barcha hududlarda aholining keng qatlamlari o‘rtasida Mustaqillik bayramiga bag‘ishlab ma’rifiy uchrashuvlar, ochiq muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, dolzarb mavzular bo‘yicha fikr almashuvlar, madaniy tadbirlarni samarali o‘tkazish maqsadida taniqli ilm-fan namoyandalari, ijodkor ziyolilar, madaniyat va san’at arboblaridan iborat targ‘ibot guruhlarini tashkil etish hamda ularning aniq reja asosida faoliyat olib borishini yo‘lga qo‘yish;
  • belgilangan chora-tadbirlar qanday amalga oshirilayotgani yuzasidan har bir hudud, vazirlik va idora rahbarlarining hisobotlarini o‘z yig‘ilishlarida muntazam ravishda eshitib borish.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!