Musibatga uchrasangiz, 8 tavsiya

A A A
Musibatga uchrasangiz, 8 tavsiya

Biror musibat yoki qiyinchilik yetsa sabrli bo‘ling. Odamlarga shikoyat qilmang, holingizdan nolimang!

Yolg‘iz Allohga yuzlanib: Men g‘am va tashvishlarimdan yolg‘iz Allohgagina shikoyat qilaman... (Yusuf surasi, 86-oyat), deb ayting.

Alloh taolo bunday marhamat qiladi: Ey, imon keltirganlar! Sabr qilingiz, bag‘rikeng bo‘lingiz va (Alloh yo‘liga) taxt bo‘lib turingiz va Allohdan qo‘rqingiz, zora (oxiratda) najot topsangiz! (Oli Imron surasi, 200-oyat).

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Maxfiy sadaqa berish, boshiga tushgan qiyinchiliklardan odamlarga shikoyat qilmaslik va musibatlarini hech kim kimga bildirmaslik jannat xazinalaridandir , dedilar.

Alloh taoloni yanada ko‘proq zikr qiling. Istig‘for va hamd ayting.

Musibat yetganida Allohni eslash, istig‘for so‘rash va O‘zidan umidvor bo‘lish musibatning yechimidir. Yunus alayhissalom ana shu yo‘l bilan musibatdan forig‘ bo‘ldilar. Qur’oni karimda bunday marhamat qilinadi: Zunnun (Yunus)ning (o‘z qavmidan) g‘azablangan holda (qishlog‘idan chiqib) ketib, Bizni unga qarshi chiqa olmaydi, deb o‘ylagan paytini, so‘ng (Biz uni baliq qorniga tashlaganimizdan keyin) qorong‘i zulmatlar ichra: Sendan o‘zga iloh yo‘qdir. Sen (barcha) nuqsonlardan pokdirsan. Darhaqiqat, men (o‘zimga) zulm qiluvchilardan bo‘ldim , deb nido qilgan (paytini eslang!) Bas, Biz uning (duosini) ijobat qildik va uni g‘amdan qutqardik. Biz mo‘minlarga mana shunday najot berurmiz (Anbiyo surasi, 87 88-oyatlar).

Unutmang! Har bir banda sinovga duchor bo‘luvchidir.

Bu dunyo sinov maydoni. Undagi sinovlar biri ortidan to‘xtamay ikkinchisi, uchinchisi..... yetib keladi. Hayot aslida ana shunday bitmas-tuganmas imtihonlar zanjiridir. Alloh taolo bu haqda bunday ogohlantiradi: Sizlarni biroz xavf-xatar, ochlik (azobi) bilan, molu jon va mevalar (hosili)ni kamaytirish yo‘li bilan sinagaymiz. (Shunday holatlarda) sabr qiluvchilarga xushxabar bering (ey, Muhammad)! (Baqara surasi, 155-oyat).

Sinov toqatga qarab bo‘ladi.

Chunki Alloh hech bir jonga toqatidan tashqari narsani taklif etmaydi (Baqara surasi, 286-oyat).

Payg‘ambarlar hammadan ko‘ra ko‘proq aziyat, ozor chekishgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Insonlar ichida musibati eng og‘iri payg‘ambarlardir. So‘ngra ularga ergashgan solihlar, undan so‘ng o‘shalarga ergashgan solihlarga bo‘ladi , deganlar.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Albatta, Alloh taolo rizq miqdoriga qarab yordamchilarni tushiradi. Balo darajasiga qarab sabrni tushiradi , dedilar (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

Har bir sinov Allohning xohish-irodasi bilan bo‘ladi.

Har bir yaxshilik va yomonlik Alloh taoloning huzuridandir. Unga qalb ila taslim va rozi bo‘lish lozim. Har qanday sinovlarni rozilik bilan qabul qilish musibatlarni yengishning go‘zal muolajasidir. Aksincha, sinovlarga noshukrlik qilish, jazavaga tushish musibat ustiga musibatdir.

Alloh taolo bunday marhamat qiladi: Xoh yerga va xoh o‘zlaringizga biror musibat yetsa, Biz uni paydo qilishimizdan ilgari Kitobda (Lavhul-mahfuzda bitilgan) bo‘lur. Albatta, bu Allohga osondir (Hadid surasi, 22-oyat).

Abu Dardo roziyallohu anhu: Imonning yuksak darajasi Allohning hukmiga sabr qilish va taqdirga rozi bo‘lishdir .

Musibatlarga sabr qilish ulkan ajru mukofotlarga noil etadi, gunohlarni ketkazadi.

Alloh taolo bunday marhamat qiladi: Imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarni, albatta, jannatda ostidan anhorlar oqib turadigan ko‘shklarga joylashtirurmiz. Ular u yerda mangu qolurlar. (Yaxshi) amal qiluvchilarning (qiyomat kuni oladigan) mukofoti naqadar yaxshidir! Ular sabr qilgan va yolg‘iz Parvardigorlarigagina tavakkul qiladigan zotlardir (Ankabut surasi, 58-59 oyatlar).

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: Musulmonga qay bir musibat: charchashmi, bemorlikmi, tashvishmi, xafachilikmi, ozormi, g‘am-g‘ussami, hattoki tikan kirishmi yetadigan bo‘lsa, albatta, Alloh ular ila uning xatolarini kafforat qilur , dedilar (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

Yodda tuting! Har bir qiyinchilikdan so‘ng albatta yengillik keladi.

Alloh taolo hech bir bandasiga biror sinov yubormaydiki, uning ortidan yaxshiliklar, muvaffaqiyatlar kelmasa. Alloh taolo aytadi: Bas, albatta, har bir qiyinchilik bilan birga yengillik bordir. Albatta, har bir qiyinchilik bilan birga yengillik bordir (Sharh surasi, 5-6 oyatlar).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Kengchilikda Allohni tanigin, U ham seni qiyinchilik paytida taniydi. Bilginki, senga yetmagan narsa, senga yetadigan emas edi. Senga yetgan narsa, senga yetmaydigan emas edi. Albatta, nusrat (g‘alaba) sabr bilan birga, albatta, shodlik g‘am ila birga, qiyinchilik yengillik bilan birga bo‘ladi , (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

Jaloliddin Rumiy quddisa sirruhu aytadi: Har torlik ortida kenglik, g‘amlar ortida shodlik bor. G‘am-tashvishlarning kaliti sabr .

Har bir sinov ortida Allohning hikmati yashiringan.

Albatta, Alloh taolo bandalariga o‘ta mehribon va rahmlidir. Alloh bandalariga biror yomonlikni ravo ko‘rmaydi. Sinovlar orqali Alloh o‘z bandalarini sinab, O‘ziga yaqin qiladi va gunohlarni mag‘firat etadi. Muvaffaqiyatlarga erishish uchun mashaqqat talab qilinganidek, Alloh taoloning roziligini topish uchun ham sinovlarga sabr qilish lozim.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: Yaxshiliklar katta sinovlar bilan keladi. Qachonki Alloh bir bandasini yaxshi ko‘rsa, Alloh o‘sha bandaga bir sinovni yuboradi. Agar banda sinovga sabr qilsa, Allohning rahmatiga erishadi, ammo sabrsizlik qilsa Uning g‘azabiga duchor bo‘ladi , deganlar.

Har qanday holatda ham sabrli bo‘ling! Inshaalloh barcha yaxshiliklarga erishasiz. Alloh taolo barchamizni O‘zidan o‘zgaga muhtoj qilmasin.

Manba: muslim.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

Moskvadagi barcha aeroportlar faoliyatini to‘xtatdi

Шереметево рейсларга ўзгартиришлар киритилиши мумкинлигини эълон қилди. Аввалроқ, "гилам"0 сигнали туфайли Внуково, Домодедово ва Жуковскийда чекловлар жорий этилган эди.

Serxio Aguero: «Abduqodir Husanov shu darajani 3-4 yil saqlab qolsa, dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biriga aylanishi mumkin»

"Манчестер Сити" афсонаси ҳисобланган Серхио Агуэро «шаҳарликлар» ёш юлдузлари — Нико O’Райли ва Абдуқодир Ҳусановнинг ўйинларига юқори баҳо берди.

Rossiya Moskvadagi paradga boradigan yetakchilar ro‘yxatini e’lon qildi

Россия Москвадаги парадга борадиган етакчилар рўйхатини эълон қилди, рўйхатда Марказий Осиё президентлари йўқ.

Mbappe jarohatini davolash o‘rniga aktrisa bilan hordiq chiqarmoqda. Klub fanatlari jiddiy norozilik bildirmoqda

«Реал Мадрид» мухлислари ҳужумчи Килиан Мбаппени мавсумнинг ҳал қилувчи палласида Италияда севгилиси билан ҳордиқ чиқараётгани учун кескин танқид қилишди.

Prezidentning xotiniga hukm chiqargan sud’ya o‘lik holda topildi

Полиция воқеани ўрганмоқда, асосий версиялардан бири — ўз жонига қасд қилиш.

«Urushmoqchimisan?» Zelenskiyning Belarusga yo‘llagan tahdidi G‘arbni hayratda qoldirdi

X ижтимоий тармоғи фойдаланувчилари Владимир Зеленскийнинг чегаранинг Беларусь томонидаги гўёки «ғалати фаоллик» учун Минскка жавоб қайтариш билан таҳдид қилган баёнотини фаол муҳокама қилмоқдалар.

Krishtianu Ronaldu millionlab obunachilarini yo‘qotdi

«Instagram» ижтимоий тармоғи ботлар ва нофаол аккаунтларни оммавий тарзда ўчириш ишларини амалга оширди, деб хабар бермоқда Sports.kz.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

Zelenskiy Rossiyaga parad o‘tkazishga ruxsat beruvchi qarorni imzoladi

Ҳужжат тадбирни ўтказишга рухсат беради ва Қизил майдон ҳудудини парад давомида Украина ҳарбийларини жойлаштириш режасидан вақтинча чиқариб ташлайди.

Rossiyaliklar tejamkorlik rejimiga o‘tdi

Россияда аҳоли даромадлари ўсиши кескин секинлашди. Кредитлар жуда қимматлашгани сабабли, одамлар пул сарфлаш ўрнига уни юқори фоизли омонатларда сақлашни афзал кўрмоқда.

Putin Tramp bilan suhbat tafsilotlarini oshkor qildi

Россия президенти Владимир Путин Оқ уй раҳбари Дональд Трамп билан бўлган сўнгги суҳбат ҳақида маълумот берди.

Qozog‘iston prezidenti ham Moskvaga boradi

Қозоғистон президенти Қосим-Жўмарт Тўқаев Иккинчи жаҳон урушидаги ғалабанинг 81 йиллигига бағишланган тантанали тадбирларда иштирок этиш учун Москвага боради.

Tramp 8 mayni Ikkinchi jahon urushidagi G‘alaba kuni deb e’lon qildi

АҚШ президенти Дональд Трамп 2026 йил 8 майни Иккинчи жаҳон урушидаги Ғалаба куни деб эълон қилди.

YUNESKO bilan Markaziy Osiyo muzliklarini himoya qilish borasida hamkorlik o‘rnatildi

Остонада бўлиб ўтган Минтақавий экологик саммитда ЮНЕСКО ва Гидрометеорология илмий-тадқиқот институти ҳамкорлигида Марказий Осиё мамлакатларининг иқлим ўзгаришларига барқарорлигини мустаҳкамлашга қаратилган йирик минтақавий лойиҳа расман ишга туширилди.

Xitoy sobiq mudofaa vazirlariga shartli o‘lim jazosi berdi

Хитой ҳукумати коррупция ва лавозим ваколатларини суиистеъмол қилишда айбланган икки нафар собиқ мудофаа вазирига шартли ўлим жазоси тайинланганини эълон қилди.

Eron AQSh taklifiga hali javob bermadi — Tehron hujjatni o‘rganmoqda

Бу ҳақда Эрон Ташқи ишлар вазирлиги вакили Исмоил Бағоий маълум қилди.

Latviyada Rossiyadan uchib o‘tgan ikkita dron qulab tushdi, ulardan biri neft omboriga zarar yetkazdi

7 май кечаси ҳаво ҳудудига эҳтимолий таҳдид ҳақидаги хабарни Резекне шаҳри, шунингдек, Резекне, Балви ва Лудза ўлкалари аҳолиси олган

Tramp Eron bilan muzokaralarni AQShda o‘tkazishni taklif qildi

Дональд Трамп Эрон билан музокараларни АҚШ ҳудудида ўтказишни таклиф қилди.

Chekka hududda yarim asr 16 ta qishloq suyanib kelgan tibbiyot maskani butkul yangilandi

1972 йилда қурилган Ургут туманининг “Баҳрин” маҳалласидаги 21-сонли оилавий поликлиника 16 та қишлоқ аҳолиси — 13 мингдан ортиқ инсон учун ягона тиббиёт маскани ҳисобланади. Бу бино қурилганидан бери, яъни ярим асрдан ошиқ вақт давомида капитал таъмир кўрмаган.

Jizzaxda vagonda selfiga tushmoqchi bo‘lgan o‘smirni tok urdi

Жабрланувчи шифохонага етказилиб, жонлантириш бўлимига ётқизилган.

O‘zbekistonda yirik firibgarlikda ayblangan Turkiya fuqarosi Perudan Toshkentga ekstradisiya qilindi

Маълум қилинишича, Интерпол каналлари орқали қидирувга берилган шахс Перудан Ўзбекистонга олиб келинган.

Ishga kiritish, ruxsatnoma olish va nafaqa tayinlash bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

Коррупцияга қарши курашиш йўналишида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан Бош прокуратура ҳузуридаги Департамент ва Ички ишлар органлари билан ҳамкорликда ҳудудларда бир нечта тезкор тадбирлар ўтказилди.

Isroil Livan janubidagi hujumlarni davom ettirmoqda

NNA маълумотига кўра, Исроил ҳарбий самолётлари эрталабдан Кефре ва Жебшитга зарбалар берган.

BMT Xavfsizlik Kengashi BAAga hujumlar bo‘yicha yopiq majlis o‘tkazadi

Бу ҳақда Al Jazeera дипломатик манбага таяниб хабар берди.

Chegarada tunnellar orqali qonunbuzarlikka qarshi javobgarlik kuchaytiriladi

Айниқса, ер остида ноқонуний қурилган туннеллар ёки бошқа инфратузилмалардан фойдаланиб чегарани кесиб ўтиш оғирлаштирувчи ҳолат сифатида белгиланмоқда.

Samarqanddagi «zapravka»da yong‘in chiqdi

Ҳозирда ёнғиннинг келиб чиқиш сабаби ва етказилган моддий зарар миқдори аниқланмоқда.

Leningrad viloyatining Kirishi shahridagi neftni qayta ishlash zavodiga hujum qilindi

Ҳужум фонида Пулково аэропорти ишини чеклади, камида 17 та авиарейс кечиктирилди.

Xitoyning Xunan provinsiyasidagi pirotexnika zavodida portlash yuz berdi

​Хитой раиси Си Жинпин ҳодиса юзасидан зудлик билан текширув ўтказиш ва айбдорларни қаттиқ жавобгарликка тортиш бўйича кўрсатма берди.

Oq uy yaqinida yana bir otishma sodir bo‘ldi

Associated Press агентлигининг хабар беришича, Оқ уй вақтинча ёпиб қўйилган.

Qozog‘istondagi metallurgiya zavodida kuchli portlash yuz berdi

Дастлабки маълумотларга кўра, фавқулодда ҳолат оқибатида 2 киши ҳалок бўлган, 5 киши жароҳатланган.

Izmirda nimalarni tatib ko‘rish mumkin?

Бугунги кунда саёҳатда фақат манзил эмас, балки сафар давомида татиб кўриладиган таъмлар ҳам алоҳида аҳамият касб этмоқда. Сўнгги йилларда гастрономик саёҳат, яъни “foodie exploration” — глобал туризмга сезиларли таъсир кўрсатаётган муҳим йўналишга айланди. Замонавий сайёҳлар кўпинча саёҳатларини машҳур диққатга сазовор жойларни зиёрат қилиш билан бир қаторда, унутилмас гастрономик тажрибалар асосида режалаштирмоқда.

Ispaniyada 40 tonnagacha kokain musodara qilindi

Испания полицияси Атлантика океанида рекорд даражадаги — тахминан 40 тонна кокаинни мусодара қилди.

AQShda United Airlines samolyoti qo‘nish vaqtida yuk mashinasiga urilib ketdi

FAA ва NTSB маълумотларига кўра, Boeing 767-400 самолёти Венециядан 200 дан ортиқ йўловчи билан парвоз қилган.