Mushuk sabab hidoyat topgan kishi...

Mushuk sabab hidoyat topgan kishi...

Istanbulda Hoji Mazlum degan avliyo kishi o‘tgan. U "Hidoyatni mushukdan o‘rgandim", deydi. 

“Bir kun Istanbuldagi Ayyub Sulton mavzesida ketayotgandim. Bir mushuk baliq sotuvchilarning rastasidan bir baliqni og‘zida tishlab olib qochdi. Keyin bir uyga kirib ketdi va o‘sha zahoti og‘zi bo‘sh qaytib chiqdi.

Orqasidan uyga kirdim, uy ichida ko‘zi ko‘r bir kampir duo qilar edi: “Ey Robbim, mening  etim nevaramning bugungi rizqini mushuk orqali jo‘natganing uchun senga hamd bo‘lsin!”.

Uydan chiqdim, ustozim Usmon Kamoliyani oldiga borib, bu voqeani aytib berdim. Ustozim: “Nima qilib o‘tiribsan, bor, u kampir o‘lgunicha uning ehtiyojlarini o‘z bo‘yningga ol”, dedi. 

“Mushuk o‘rgatgan menga odamiylikni”, deydi.

7 yil avval Egey dengizidagi Gresiya orollariga borgandim. Greklar Gresiyadagi mushuklarni yig‘ib kelib o‘sha orolga tashlab ketishgan va 3 ming dollar oylik berib mushukboqarlarni yollashgan. Mushukboqarlar o‘zbeklar edi. 

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam “Mushuk kimni sevsa, iymon undadir”, deganlar. Dunyoda azon o‘qilmaydigan yagona davlat — Gresiya. Mushuklarni xushlamaydi bu millat.

Marziya SAYDAM


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!