Murod Nazarov xalqni aldadimi? “Nestone”da 739 nafar ishchi norozilik namoyishi uyushtirgani tasdiqlandi

Murod Nazarov xalqni aldadimi? “Nestone”da 739 nafar ishchi norozilik namoyishi uyushtirgani tasdiqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Osmono‘par Nestone binosi oldida nimalar bo‘lmoqda? " sarlavhasi bilan tarqalgan xabar bo‘yicha Toshkent shahar Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar berdi.

Aniqlanishicha, 2022 yil 17 may kuni Shayxontohur tumanida joylashgan “Tashkent city” hududidagi “Nestone” osmono‘par binosida ”Ozguvn mimarlik inshaat” MCHJ XKning 312 nafar hamda ”Ozguven tasarim mimarlik insaat sanayi ve ticar” PUning 427 nafar ishchilari 2022 yil aprel oyi uchun ish haqlari to‘lab berilmaganligi sababli mazkur korxonalarga nisbatan norozilik bildirgan va 17-may kuni ishchilarning maoshlari to‘lab berilishi ta’minlandi.

Shuningdek “Davlat mehnat inspeksiyasi to‘g‘risida”gi 1066-sonli Nizomiga muvofiq, 2022 yil 17 may kuni "Ozguvn mimarlik inshaat” MCHJ XK va ”Ozguven tasarim mimarlik” MCHJ shaklidagi xorijiy korxonasi rahbari nomiga yozma ko‘rsatma berildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Murod Nazarov hech qanday namoyish bo‘lmaganini aytib, osh mojarosi bo‘yicha tushunarsiz videomurojaat e’lon qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!