Munisa Rizayevani tovlamachilikda ayblashmoqda

Munisa Rizayevani tovlamachilikda ayblashmoqda

Munisa Rizayeva ma’muri bilan birgalikda tayyorlagan videomurojaatini o‘z instagramdagi sahifasida joylashtirdi. Unda xonanda muxlislaridan xafa bo‘lib, uni tovlamachilikda ayblashayotganligini iddao qilmoqda

Xonanda va uning adminstratoriga ko‘ra, joriy yilning 8 mart kuni Xotin-qizlar kuni munosabati bilan Moskva shahrida Munisaning yakkaxon konsert dasturi uyushtirilgan. Ammo texnik sabablarga ko‘ra, konsert keyingi kunlarga surilib, bu muxlislar bilan xonanda o‘rtasida tushunmovchilik kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.

Xonanda adminstratori konsert kuni ma’lum bo‘lgach, bu haqda reklama qilinganligi, ammo konsert bo‘lib o‘tishi uchun hech kimdan hech qanday pul mablag‘ini olmaganliklari, xonandani nohaq ayblayotganliklari, konsert uchun pul to‘lagan har bir muxlisga 12 mart kunidan boshlab pullari qaytarilishini ma’lum qilgan. 

Munisa esa o‘zi ham konsert tashkilotchilari oldida jabrlanuvchi bo‘lib qolayotgani, uni tovlamachilikda ayblab, asossiz yer qilib tashlayotgan shu kabi muxlislari borligidan xafa bo‘lganini aytmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!