Munisa Rizayeva o‘zidan kichik insonga turmushga chiqayotganini ma’lum qildi

Munisa Rizayeva o‘zidan kichik insonga turmushga chiqayotganini ma’lum qildi

Dubayda hordiq chiqarayotgan xonanda Munisa Rizayeva Instagram’dagi jonli efirda muxlislarining qachon turmushga chiqishi haqidagi savollariga javob berdi.

«To‘y boshlavordik, turmushga chiqyapman. Xudo xohlasa, yanvar yoki fevralda to‘yim bo‘ladi. Oshga kelasizlar. Muxlislarim uchun alohida to‘y qilaman», — deydi xonanda.

Munisa Rizayeva bo‘lg‘usi turmush o‘rtog‘i o‘zidan kichik ekanligini ta’kidladi.

«Oddiy, yaxshi inson. Meni yaxshi ko‘radigan. Mendan kichkinalar. Men uchun hamma narsaga tayyorlar. Eng asosiysi, menga ijod qilishga, qo‘shiq aytishga ruxsat beradilar. Ular san’at sohasidan emas», — deydi xonanda.

Avvalroq xonanda Dubayda Luis Kasper Dunveber ismli millioner bilan ovqatlangani hamda birga vaqt o‘tkazgani haqida xabar berilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!