Mukofot jamg‘armasi 12 000 yevro bo‘lgan shaxmat festivali Toshkentda o‘tkaziladi

Mukofot jamg‘armasi 12 000 yevro bo‘lgan shaxmat festivali Toshkentda o‘tkaziladi

Joriy yil 20-30 sentyabr kunlari poytaxtimiz Toshkentda Markaziy Osiyo shaxmat festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar qiladi.

Unda Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg‘oniston hamda O‘zbekistondan eng kuchli shaxmatchilar g‘oliblik uchun dona surishadi.

Manba O‘zbekiston shaxmat federasiyasi matbuot xizmatiga tayanib xabar berishicha, mukofot jamg‘armasi 12 000 yevro bo‘lgan ushbu musobaqa shaxmatchilar uchun reytingli ekani bilan ham ahamiyatlidir. Musobaqa Nizomiga ko‘ra o‘g‘il bolalar o‘rtasida chempionlikni qo‘lga kiritgan shaxmatchiga 3 000 yevro, qizlar o‘rtasidagi bahslarning mutlaq chempioniga esa 1 500 yevro miqdorida mukofot puli beriladi.

FIDE, RosATOM hamda O‘zbekiston shaxmat federasiyasi hamkorligida o‘tkazilayotgan ushbu musobaqada 20 yoshgacha bo‘lgan hamda o‘g‘il bolalar uchun reytingi 1 800 va qizlar uchun 1 600 baldan kam bo‘lmagan shaxmatchilar qatnashish uchun ariza berishlari mumkin.

9 turdan iborat bahslarda har bir ishtirokchiga partiya oxirigacha 90 daqiqa vaqt beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!