«Muhtasham yuz yil» seriali yulduzi Toshkentga tashrif buyurdi

«Muhtasham yuz yil» seriali yulduzi Toshkentga tashrif buyurdi

«Muhtasham yuz yillik» serialida Hurram Sulton roli tufayli katta mashhurlikka erishgan nemis-turk aktrisasi va modelyeri Merem Uzerli Toshkentga tashrif buyurdi. Bu haqda u o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

«Meni Toshkent shahriga taklif qilganingiz uchun tashakkur. Biz ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish va ta’limni qanday qilib qiziqarli olib borish va ko‘priklar qurish haqida suhbatlashdik», — deb yozgan aktrisa.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Toshkentga Central Asia University taklifiga binoan tashrif buyurgan.

Ma’lumot uchun, Merem Uzerli Kassel shahrida tavallud topgan. Onasi nemis, otasi turk millatiga mansub. Aktrisa Gamburgda tahsil olgan va 2008 yilda nemis seriallari va filmlarida, shuningdek, Berlin teatrida aktyorlik faoliyatini boshlagan. U Usmonlilar imperiyasi haqidagi hikoya qiluvchi «Muhtasham yuz yillik» serialidagi ishtiroki bilan katta shuhrat qozongan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!