"Muhtasham yuz yil" seriali aktrisasi saratondan vafot etdi

"Muhtasham yuz yil" seriali aktrisasi saratondan vafot etdi

"Muhtasham yuz yil" teleserialida rol o‘ynagan aktrisa Sabina Toziya uzoq davom etgan saraton kasalligidan so‘ng vafot etdi. Bu haqda turkiyalik boshqa bir aktrisa Maryam Uzerli xabar qildi.

"StarXit"ning turk matbuotiga tayanib xabar berishicha, Toziyaning sog‘lig‘ida jiddiy muammolar bo‘lgan. Shifokorlar uning miyasida o‘simta borligini aniqlagandilar.

Sabina Toziya "Muhtasham yuz yil" serialida hukmdorning sobiq hamshirasi, qat’iy, lekin adolatli Afifa Xatun rolini o‘ynagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!