O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo hay’ati karantin sharoitida qurbonlik qilish tartibini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida tushuntirib o‘tdi.
Bismillahir Rohmanir Rohim. Hozir yurtimizda karantin davom etayotgani va ayni qurbonlik kunlarida transport harakati cheklangani sababli qurbonlik qilishda ba’zi qiyinchiliklar bo‘lishi tabiiy.
Qurbonlik vojib bo‘lgan yurtdoshlarimiz imkon qadar qo‘y sotib olib, qurbonlik qiladilar. Buning iloji bo‘lmasa, qo‘y topa oladigan biror kishini topib, uni sotib olish va qurbonlik qilishga vakil qiladilar. Chunki Qurbonlik qilishda o‘zidan boshqasini vakil va o‘rinbosar qilish joizdir. Agar bir kishi boshqa odamni qurbonlikka vakil qilsa, jonivorni sotib olish va so‘yish vaqtida vakil qurbonlikni niyat qilishi kifoya qiladi. Sotib olishda narxi kelishilsa kifoya, pulini nasiya ham qilish mumkin. Telefon yoki biror vosita orqali biror kishini “meni nomimdan qurbonlik qilgin” deb vakil qilsa, vakilning qurbonligi uning nomidan o‘tadi.
Hanafiy mazhabiga ko‘ra boy (ya’ni, nisob miqdoriga ega) kishilarning qurbonlik qilishi vojibdir. Buning ustiga qurbonlik ibodati qon oqizishga bog‘langan bo‘lib, qiymatni sadaqa qilish bilan ado bo‘lmaydi. Bu haqda alloma Alouddin Kosoniy rahimahulloh shunday deydilar:
لَوْ تَصَدَّقَ بِعَيْنِ الشَّاةِ أَوْ قِيمَتِهَا فِي الْوَقْتِ لَا يَجْزِيهِ عَنْ الْأُضْحِيَّةَ ؛ لِأَنَّ الْوُجُوبَ تَعَلَّقَ بِالْإِرَاقَةِ وَالْأَصْلُ أَنَّ الْوُجُوبَ إذَا تَعَلَّقَ بِفِعْلٍ مُعَيَّنٍ أَنَّهُ لَا يَقُومُ غَيْرُهُ مَقَامَهُ
ya’ni: “Bir kishi qurbonlik kunlarida qo‘yning o‘zini yoki qiymatini sadaqa qilsa, qurbonlik o‘rniga o‘tmaydi. Chunki qurbonlikning vojibligi qon oqizishga bog‘liqdir. Asl qoida shuki, agar vojiblik ayni bir ishga bog‘liq bo‘lsa, uning o‘rniga boshqasi o‘tmaydi...” (“Badoye’us sanoye’” kitobi).
Qurbonlik qilishi vojib bo‘lgan, boy kishi qurbonlik kunlarida jonliq so‘ya olmasa-yu, qurbonlik kunlari o‘tib ketsa, qazosi uchun o‘rtacha qo‘yni qiymatini sadaqa qilishi vojib bo‘ladi. Ammo faqir kishi qurbonlik uchun jonliq sotib olib, uni qurbonlik kunlarida so‘yolmagan bo‘lsa, qazosi uchun jonliqni tirik holida sadaqa qiladi. Lekin, bunday sadaqa qilish bilan o‘z vaqtida so‘yilgan qurbonlikka va’da qilingan savobga erishilmaydi.
Qurbonlik go‘shtini taqsimlash va tarqatishga kelsak, ushbu amal shariatimizda mustahab amal hisoblanadi. Bugungi epidemiologik talablar qat’iy belgilangan bir paytda vaziyatdan kelib chiqib, go‘shtni tarqatish aynan hayit kunlarida bo‘lishi shart emas. Balki, keyinchalik ham tarqatilishi mumkin. Vakil orqali uzoqroq joyda qurbonlik qildirganlar, xohlasalar o‘sha joyda tarqatishlari ham joiz. Vallohu a’lam.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.
Ҳолат юзасидан ўтказилган хизмат текшуви натижаларига кўра, 2006 йилда туғилган А.А. исмли шахс Чилонзор тумани 19-мавзе ҳудудида яланғоч ҳолда жамоат жойида ҳаракатланган.
ҲАМАС ҳаракати Исроил ҳукумати томонидан Ғазо шаҳрини босиб олиш ва унинг аҳолисини мажбуран кўчириш режаларини кескин қоралаб, буни "катта оқибатларга олиб келувчи ҳарбий жиноят" деб атади.
Исроил Хавфсизлик кабинети Ғазо секторида фақат Ғазо шаҳрини босиб олиш режасини маъқуллади. Бу қарор аввал эълон қилингандай бутун сектор эмас, балки унинг шимолий қисмига доир босиб олишни назарда тутади.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 5 август куни Туркманбоши шаҳридаги "Аваза" миллий туризм ҳудудида ўтаётган БМТнинг Денгизга чиқиш имкони бўлмаган ривожланаётган мамлакатлар бўйича учинчи конференциясида иштирок этди.
Исроил Суриядаги айирмачи кучлар орқали мамлакатни бўлиб ташлашга уринмоқда. Бу ҳақда Сурия ахборот вазири Ҳамза ал-Мустафо Туркиянинг “Anadolu” ахборот агентлигига берган интервьюсида маълум қилган.
Болани ерда маҳаллий аҳоли вакили топиб олиб, тез ёрдам чақирган. Ҳодиса жиддийлигига қарамай, бола ҳушини йўқотмаган. Унинг қўли синган, умуртқа поғонаси чўзилган
Маълум қилинишича, аёл давлат чегараси чизиғидан 80 метр масофада, чегара ҳудудида ноқонуний равишда бўлиб, Қозоғистон ва Россия чегарасини расмий ўтиш пунктларидан ташқарида кесиб ўтмоқчи бўлган.
1 августдан бошлаб АҚШ президенти Доналд Трамп Жанубий Корея ва Ҳиндистондан олиб кириладиган маҳсулотларга янги бож тўловлари жорий этилишини эълон қилди. Унда икки давлатга турлича ёндашув намоён бўлди.