Mo‘g‘uliston prezidenti karantinga olindi?! Nega?

Mo‘g‘uliston prezidenti karantinga olindi?! Nega?

Koronavirus sayyoramiz bo‘ylab yashin tezligida tarqamoqda. Bu balo-qazodan hatto yuqori lavozimli shaxslar ham chetda qolmayapti — Eronda ayollar va oila masalalari bo‘yicha vise-prezident Ma’suma Ebtekar koronavirusga chalindi, «Aa.com.tr» xabariga ko‘ra, Mo‘g‘uliston prezidenti ham karantin ostida.

27 fevral kechasi Xitoydan qaytgan Mo‘g‘uliston prezidenti Xaltmaagiyn Battulga va uning hamrohlari 14 kunlik karantinga olingan.

Prezident va tashqi ishlar vaziri Bayanzurx tumanidagi kasalxonaga joylashtirilgan. Qolganlar Jargalantdagi sanatoriyda nazorat ostida bo‘ladi.

Eron sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari hamda parlament a’zolaridan biri ham koronavirusni yuqtirgani tasdiqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!