Muftiy hazratlarining Haj haqidagi kitoblari nashrdan chiqdi

Muftiy hazratlarining Haj haqidagi kitoblari nashrdan chiqdi

Allohga shukr, 2022 yil saodatli yil bo‘lib, haj ziyorati uchun yo‘l ochildi. Bu, shubhasiz, millionlab insonlarning qalbiga xursandchilik olib kirdi. Zero, Islomning beshinchi arkonini ado etish har bir musulmonning orzusidir.

Ayni shu kunlarda yana bir xushxabar – O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlarining “Haj buyuk ibodatdir” nomli kitoblari nashrdan chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar berdi.

E’tiborlisi, mazkur risola ikkita alohida kitob holida nashr etilgan. Biri Hajning ruhiy-ma’naviy foydalari bo‘lsa, ikkinchisida esa ulug‘ ibodatni bajarish chog‘ida o‘qiladigan barcha duo va zikrlar jamlangan.

Haj safariga otlangan mo‘min-musulmon xalqimizga munosib tuhfa sifatida chop etilgan ushbu risolaning birinchi qismida hajning mohiyati va hikmati, hajda ixlos, ilm va amal ahamiyati, hajning turlari, tana va ruhning haji, taqvo maktabi, haj va’dalashuv ekani, duo ijobat bo‘ladigan muborak joylar, hajdan keyingi hayot kabi mavzular go‘zal tarzda bayon qilingan.

Kitobxonlarga qulay bo‘lishi uchun muborak ziyorat davomida ado etiladigan amallar va duolarning o‘qilishi, ma’nosi hamda ovozli shakli QR-kod orqali kitobga kiritilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!