🛡Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda poytaxtda faoliyat yurituvchi, tibbiy reagentlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi MCHJ rahbari yaroqlilik muddati o‘tgan, qiymati 32 mln so‘mlik laboratoriya tekshiruvi uchun mo‘ljallangan 20 dona reagentlarni 16 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
💊Shuningdek, Toshkent shahri va viloyatida joylashgan unga tegishli 2 ta omborxona “Farmasevtika mahsulotlari xavfsizlik markazi” davlat muassasasi xodimlarini jalb qilgan holda ko‘zdan kechirilganda, ularda umumiy qiymati 2 mlrd so‘mga yaqin bo‘lgan, 216 turdagi 1414 quti yaroqlilik muddati o‘tgan hamda xorijdan olib kelingan va tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan 28 turdagi 322 quti (kontrafakt) mahsulotlar mavjudligi aniqlandi.
📌Ta’kidlash lozimki, sifatsiz reagentlarning ishlatilishi kelgusida bemorlarga noto‘g‘ri tashxis qo‘yish orqali muolaja qilish bilan bog‘liq salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
🕵️♂️Hozirda tibbiy vositalar bo‘yicha tegishli tartibda ekspertiza tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
Ўтган йили Ўзбекистон миллий терма жамоаси бошқаришга таклиф этилган машҳур немис мутахассиси Йоахим Лёв барибир жаҳон чемпионатига бориш имкониятига эга бўлди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.