Mozambikda siklon oqibatida halok bo‘lganlar soni 400 kishidan oshib ketdi

Mozambikda siklon oqibatida halok bo‘lganlar soni 400 kishidan oshib ketdi

Mozambikda Iday tropik sikloni sababi yuz bergan suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 417 kishiga yetdi. Bu haqda Mozambik yer resurslari, atrof-muhit va qishloqni rivojlantirish vaziri Selso Korreyya ma’lum qildi. Vazirning qayd etishicha, mamlakatdagi vaziyat og‘irligicha qolmoqda.

Suv toshqinlari sabab hozirga qadar 600 ming kishi boshpanasidan mahrum bo‘lgan. Jahon oziq-ovqat dasturi (WFT) gumanitar tashkiloti kuni kecha, 22 mart kuni Mozambikda favqulodda holatning eng yuqori uchinchi darajasini e’lon qildi.

Iday sikloni Mozambik hamda unga qo‘shni Malavi va Zimbabvega o‘tgan hafta yopirilgan edi. Afrika qit’asining janubiy qismida kuchli yog‘ingarchilik to‘xtamayapti. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, noqulay ob-havo sharoiti tufayli Zimbabveda 259 kishi halok bo‘lgan.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!