Moskvada migrantlar ishtirokida yana ommaviy janjal sodir bo‘ldi

Moskvada migrantlar ishtirokida yana ommaviy janjal sodir bo‘ldi

Moskvada mehnat migrantlari ishtirokida yana ommaviy janjal sodir bo‘ldi. Bu haqda “Izvetiya” xabar berdi.

Hodisa Moskva shimolidagi Koptevo tumanida yuz bergan. Gap talashish bilan boshlangan nizo yakunda ommaviy mushtlashuvga aylanib ketdi. Shu bilan birga janjalda ham migrantlar, ham mahalliy aholi vakillari qatnashgan.

Voqea oqibatida bir kishi kasalxonaga yotqizilgan. Aniqlanishicha, u pichoq bilan jarohatlangan. Polisiya dastlabki surishtiruvni boshlagan. Hozirda 23 kishi qo‘lga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!