Moskva shahar sudi «Krokus» ishi bo‘yicha hibsga olish ustidan berilgan shikoyatni ko‘rib chiqmoqda

Moskva shahar sudi «Krokus» ishi bo‘yicha hibsga olish ustidan berilgan shikoyatni ko‘rib chiqmoqda

Moskva shahar sudi Krokus-Siti Xoll ishidagi teraktda ayblanayotgan 10 nafar ayblanuvchidan birining apellyasiyasini ko‘rib chiqishni boshladi, deb xabar bermoqda Moskva sudlari matbuot xizmati.

Bu Isroil Islomov, ikki aka-uka Islomovlarning otasi, ular ham Moskvaning Basmanniy sudi tomonidan hibsga olingan. Uchalasi ham tergov izolyatoriga joylashtirilishi yuzasidan apellyasiya arizasi bilan murojaat qilgan.

Dilovar Islomov konsert zaliga hujum qilishda ayblanayotganlar tomonidan foydalanilgan oq rangli Renault avtomobilining avvalgi egasidir. Uning akasi Aminxon Islomov avvallari ushbu mashinada taksi haydovchisi bo‘lib ishlagan.

OAV xabar qilganidek, aka-ukalarning otalari Isroil Islomov bilan birga Krokusga qilingan hujum haqida bilib, polisiyaga kelgan.

Biroq tergov ularni konsert zaliga hujum bo‘yicha boshqa yetti nafar ayblanuvchi kabi terrorchilik xurujida aybladi.

Islomovlardan tashqari, Krokusga hujumda ishtirok etganlikda ayblanayotganlardan biriga Moskva viloyatida kvartirani ijaraga bergan tadbirkor Alisher Qosimov ham hibsga olish yuzasidan apellyasiya arizasi bilan murojaat qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!