"Moskva go‘zali" nega unvonidan mahrum qilindi?

"Moskva go‘zali" nega unvonidan mahrum qilindi?

Miss Moskva tanlovining 23 yillik tarixida birinchi marta Moskva go‘zali-2018 deb tan olingan Alesya Semerenko unvoni hamda tojidan mahrum qilindi. Tanlov majburiyatlariga amal qilmagan sohibjamol shuningdek yarim million rubl jarima to‘lashi ham mumkin.

Go‘zallik tanlovi yuristi Pavel Staviskiyning so‘zlariga ko‘ra, shartnomada nazarda tutilgan jarima sanksiyalari tanlov obro‘yiga putur yetkazganlik uchun undirib olinadi.

Staviskiyga ko‘ra, Semerenko ijtimoiy tarmoqlardagi Miss Moskva tanloviga bag‘ishlangan barcha materiallarni olib tashlashi kerak, aks holda tanlov tashkilotchilari sohibjamolni sudga berishlarini aniq.

Tanlov tashkilotchilari go‘zalni unvondan mahrum qilish sabablariga izoh berar ekanlar, Semerenko shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarini bajarmagani va tanlov g‘olibasi uchun majburiy bo‘lgan tadbirlarda umuman ko‘rinish bermaganini aytishgan edi.

Semerenko bunga javoban tashkilotchilarni bo‘xtonda aybladi. U ushbu tadbirlarda hech kim uni u yoqqa chaqirmagani tufayli bormaganini aytdi. Qo‘ng‘iroqlarga esa telefonim ta’mirda bo‘lgani uchun javob bermaganman , deya qo‘shimcha qildi.

Bir narsani aytishim mumkin, mening tojim kimningdir ko‘zini juda kuydirmoqda , deb yozgan Semerenko o‘z Instagramida.

Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, tojni Semerenkodan olishda ancha qiyinchiliklarga duch kelingan, va nihoyat olingach, toj siniqligi aniqlangan.

Semerenkoning unvondan mahrum etilgani haqida 21 mart kuni xabar berildi. Endilikda Miss Moskva-2018 unvoni, shuningdek, g‘oliba toji birinchi vise-miss Kseniya Palenovaga o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!