Moliyaviy piramida tashkil etgan MCHJ aniqlandi

Moliyaviy piramida tashkil etgan MCHJ aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan fuqarolarning murojaatlariga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro H.H. va boshqalar “Samarqand credit” nomli MCHJni tashkil etib, jismoniy shaxslarning mablag‘larini jalb etishga doir faoliyatni amalga oshirib, “lnstagram” ijtimoiy tarmog‘ida oldindan 20 foiz to‘lov qilib 5 xil turdagi kreditlarni uzoq muddatga olish mumkinligi haqida e’lonlar berib, 45 nafar fuqaroga kredit ajratish evaziga 20 foizlik dastlabki to‘lov sifatida jami 479 mln so‘m naqd pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 188-1-moddasi (pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!