Moliya vazirligi O‘zbekistondagi eng yirik 20 ta soliq to‘lovchini ma’lum qildi

Moliya vazirligi O‘zbekistondagi eng yirik 20 ta soliq to‘lovchini ma’lum qildi

Moliya vazirligi O‘zbekistondagi eng yirik soliq to‘lovchilardan tushumlar ulushi haqidagi ma’lumotni e’lon qildi. Respublikaning 20ta yirik soliq to‘lovchilari Davlat byudjetiga tushumlarning 1/3 qismini ta’minlaydi.

Bu 34 foizdan eng ko‘p tushum «O‘ztransgaz» hissasiga to‘g‘ri keldi (5,1%), keyin ikkita kon-metallurgiya zavodi bormoqda – Navoiy (5%) va Olmaliq (3,1%).

«Muborak neftegaz»ga 2% ulush to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, «O‘zBAT»ga – 1,8%, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi – 1,8%/

Boshqa yirik soliq to‘lovchilar orasida Beeline (1,5%), «Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi» (1,4%), Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi, «Qizilqumsement» va «Azia transgaz», «O‘zbekenergo» bor (bari 1,2%dan).

«Sho‘rtanneftegaz», «Uz kor gaz chemikal» va Ucell 1% ulushga ega.

Ro‘yxat yakunida «O‘zbekiston temir yo‘llari» (0,9%), «Koka-Kola» (0,8%), «Ohangaronsement» (0,6%) va Muborak gazni qayta ishlash zavodi (0,5%) qayd etildi.

Manba: 7news.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!