Moldovada hukumatga qarshi namoyish bo‘lmoqda

Moldovada hukumatga qarshi namoyish bo‘lmoqda

Moldova poytaxtidagi narx oshishiga qarshi norozilik aksiyasida bir necha ming kishi ishtirok etmoqda, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

“Shor” muxolifat partiyasi tafdorlari may oyidan beri Kishinyov va boshqa qator aholi punktlarida namoyish o‘tkazmoqda.

Poytaxtda “Yangi hayot” shiori ostida o‘tayotgan aksiya ishtirokchilari orasida ishchilar, o‘qituvchilar, shifokorlar, pensionerlar bor. Ko‘pchilik viloyatlardan kelgan.
“Odamlar gaz haqini to‘lay olmayapti. Elektr qimmat, yoqilg‘i narxi oshishidan aqldan ozish mumkin”, - deydi “Shor” partiyasi raisi o‘rinbosari Marina Tauber.

Siyosatchi, shuningdek, ertalab polisiya tashkilotchilarga hududni aksiya uchun tayyorlash — sahna va maxsus jihoz o‘rnatishga to‘sqinlik qilganini aytdi.

Moldova bahor oxirida misli ko‘rilmagan narx o‘sishiga duch keldi. Milliy statistika byurosi may oyida inflyasiya o‘rtacha 29,05 foizni tashkil qilganini e’lon qildi. Oziq-ovqat narxi 32,5 foiz, boshqa mahsulotlar 21,45 foiz, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmat 35,27 foiz oshdi. Muxolifat mamlakatdagi iqtisodiy inqirozda hukumat va hukmron Harakat va birdamlik partiyasini ayblamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!