Misrda ro‘y bergan yong‘inda kamida 38 nafar odam jabrlandi

Misrda ro‘y bergan yong‘inda kamida 38 nafar odam jabrlandi

Misrning mamlakat shimoli-sharqidagi Ismoiliya viloyatida xavfsizlik kuchlari shtab-kvartirasida sodir bo‘lgan yong‘inda kamida 38 kishi jabrlandi.

Bu haqda Misr Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

"Tibbiyot guruhlari voqea joyida 12 jabrlanuvchiga tez yordam ko‘rsatdi, 26 kishi Ismoiliyadagi tibbiyot majmuasiga yetkazildi”, — deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida. Unga ko‘ra, favqulodda holat joyiga 50 ta tez tibbiy yordam mashinasi jo‘natildi, viloyatdagi barcha tibbiyot muassasalari jabrlanganlarni qabul qilishga to‘liq shay holatga keltirildi.

Hozirgacha yong‘in o‘chirildi, yong‘in yaqin atrofdagi binolarni qamrab olishga ulgurmadi. Qutqaruv operasiyasi davom etmoqda. Al-Youm as-Sabia axborot portaliga ko‘ra, qurolli kuchlar voqea joyiga ikkita samolyot jo‘natgan.

Dushanbaga o‘tar kechasi Ismoiliya xavfsizlik kuchlari shtab-kvartirasida yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!