Misr va Turkiya zudlik bilan elchi almashishga kelishib oldi

Misr va Turkiya zudlik bilan elchi almashishga kelishib oldi

Kecha Misr prezidenti Abdulfattoh Sisiy va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an “zudlik bilan diplomatik munosabatlarni yaxshilash, elchilar almashishga” kelishib olishdi.

Misr prezidentligi bayonotida aytilishicha, Sisiy Erdog‘an bilan telefon orqali gaplashib, uni prezidentlik saylovidagi g‘alabasi va Turkiya prezidenti lavozimiga qayta saylangani bilan tabriklagan, Turkiya prezidenti esa yaxshi tilaklar uchun unga minnatdorchilik bildirgan.

Misr prezidentligi vakilining aytishicha, ikki prezident ikki davlat hamda Misr va turk xalqlarini bog‘lovchi tarixiy rishtalar chuqurligini yana bir bor tasdiqlab, ikki tomon o‘rtasidagi munosabatlar va hamkorlikni mustahkamlashga kelishib olishdi. Shu nuqtai nazardan, ikki prezident zudlik bilan diplomatik munosabatlarni modernizasiya qilish va elchilar almashinuvini boshlashga qaror qilishdi.

Yakshanba kuni Turkiya Oliy saylov kengashi rahbari Erdog‘an Turkiyadagi prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida g‘alaba qozonganini e’lon qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!