Misr-Rossiya hamkorligi Misr-AQSh munosabatiga raxna solmoqda

Misr-Rossiya hamkorligi Misr-AQSh munosabatiga raxna solmoqda

AQSh Misrga Rossiyadan “Su-35“ qiruvchi samolyotlarini sotib olgudek bo‘lsa, sanksiya joriy etish borasida po‘pisa qildi, deya xabar beradi “The Wall Street Journal” nashri.

Nashrda ma’lum qilinishicha, AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo va Pentagon rahbari Mark Esper Misr mudofaa vaziriga maktub yo‘llagan. Unda, Qurol yetkazib berish borasida Rossiya bilan erishiladigan bitimlar AQSh va Misr o‘rtasidagi mudofaa masalasidagi amaliyotlarni murakkablashtirishi ta’kidlanadi.

“The Wall Street Journal” da qayd etilishicha, maktub Rossiya mudofaa vazirining Misrga tashrifi arafasida yuborilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu shu haftada Qohiraga kelgan. Vazir Misr hukumat vakillari bilan harbiy-texnik hamkorlik masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. Joriy yilning bahor oylarida “Kommersant“ nashri Rossiya Misrga qiymati ikki milliard dollarga teng bir nechta o‘n dona “Su-35“ samolyotlarini yetkazib berishga qaratilgan bitimni imzolagani borasida xabar bergan edi.

Xabarlarga ko‘ra, Moskva ularni ishlab chiqara boshlagan.

Shu bilan birga “Rosoboroneksport“ kompaniyasi bu kabi shartnoma mavjudligini inkor qilmoqda.

Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!