Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Korzinka” da yong‘in sodir bo‘ldi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi  “Korzinka” da yong‘in sodir bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Mirzo Ulug‘bek tumani “Salom Choyxona“ oldidagi “Korzinka” da yong‘in sodir bo‘layotgani aytilmoqda” sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan ma’lumot

Bugun, 4-avgust kuni soat 16:32 da Toshkent shahar M.Ulug‘bek tumani “Podishohbog‘” mahallasi Buyuk ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan “Korzinka” savdo majmuasida yong‘in ro‘y berdi deya shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 16:37 da voqea joyiga yetib borgan. Ma’lum bo‘lishicha savdo majmuasi ichida bo‘lgan non pishirish pechida elektr simlarining qisqa tutashuvi yuzaga kelgan. Hodisa natijasida hech qanday yong‘in sodir bo‘lmagan. Vaziyat oqibatlari qutqaruvchilar tomonidan soat 16:42 da bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va xalok bo‘lganlar qayd etilmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!