Mirzo Ulug‘bek tumanida "Spark" avtomobili yonib ketdi

Mirzo Ulug‘bek tumanida "Spark" avtomobili yonib ketdi

Joriy yilning 8 iyun kuni soat 22:45 larda, Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani "Qorasuv-6" dahasida, haydovchi I.R. "Spark" rusumli avtomobilda harakatlanayotib, ushbu hududda joylashgan "Makro" supermarketi yaqiniga yetgan vaqtida avtomobilning dvigatel qismida qisqa tutashuv bo‘layotganligini payqagan va transport vositasini to‘xtatgan. Qisqa tutashuvdan so‘ng avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Avtomobilga zarar yetgan.

Mazkur hodisa yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, yong‘in yuzaga kelish sabablari o‘rganilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!