O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navoiy kon-metallurgiya kombinati tashkil etilgani – mamlakatda uran sanoatiga asos solinganining 65 yilligi bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi.
Prezident tabrik avvalida Qizilqum konidan qazib olinayotgan, dunyo miqyosida e’tirof etilayotgan oltin, tabiiy uran va boshqa nodir qazilma boyliklar mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashda beqiyos strategik ahamiyatga ega ekanini qay etgan.
Shu bilan birga, 40 dan ortiq millatga mansub qariyb 50 ming nafar yuqori malakali ishchi, muhandis va mutaxassislar mehnat qilayotgan mazkur kombinat va 3 yil oldin uning tarkibidan ajralib chiqqan “Navoiyuran” korxonasi ijobiy natijalarga erishayotgani aytib o‘tgan.
“Keyingi yillarda soha rivojiga qaratilayotgan ulkan e’tibor hamda ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalar jadal joriy etilayotgani tufayli kombinat oltin ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi xorijiy kompaniyalar orasida 7-o‘rindan 4-o‘ringa ko‘tarildi. “Muruntov” koni esa xalqaro reytinglarda yuqori pog‘onalarni egallab kelmoqda”, degan davlat rahbari.
Mirziyoyev shular qatorida qisqa muddatda kombinatda 23 ta yirik investisiya loyihasi, jumladan, 5, 6 va 7-gidrometallurgiya zavodlari, 2-gidrometallurgiya zavodining ikkinchi navbati ishga tushirilib, 15 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratilganiga alohida to‘xtalgan.
“Ana shunday sa’y-harakatlar natijasida bu yil oltin ishlab chiqarish hajmi 2016 yilga nisbatan 25 foiz, tabiiy uran 20 foiz, kumush esa 46 foizga oshganini alohida ta’kidlash lozim. Bugungi kunda O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinni egallab turibdi. “Navoiyuran” davlat korxonasi o‘z mahsulotini yuz foiz eksportga yo‘naltirmoqda.
Mahalliylashtirish dasturi doirasida yangi quvvatlar uchun zarur asbob-uskuna va jihozlar hududning o‘zida ishlab chiqarilmoqda. Birgina Navoiy mashinasozlik zavodida yiliga o‘rtacha 15 ming turdan ziyod import o‘rnini bosadigan mahsulotlar tayyorlanayotgani buni tasdiqlaydi”, degan Prezident.
Shuningdek, soha uchun malakali muhandis kadrlar yetkazib berish maqsadida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining moddiy-texnika bazasi va ilmiy-pedagogik salohiyati mustahkamlashayotgani, murakkab texnologik jarayonlarni asosan ana shunday oliygohlarda ta’lim olgan o‘zbek yoshlari boshqarayotganiga ham to‘xtalib o‘tilgan.
“O‘z hayotini shunday muhim sohaga bag‘ishlagan siz, azizlar jamoalaringizdagi shonli mehnat an’analarini munosib davom ettirish, mamlakatimiz kon sanoati shuhratini yanada oshirish uchun bundan buyon ham katta kuch-g‘ayrat bilan mehnat qilasizlar, deb ishonaman.
Sizlarni bugungi qutlug‘ ayyom bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, olijanob faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman”, degan Mirziyoyev.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Истанбулда Украина билан ўтказилган музокарада Россия ўзининг асосий талабларини маълум қилди. Бу ҳақда Россия делегацияси вакили Владимир Мединский маълум қилди, деб хабар беради Clash Report.
"Агар бугун сионистик режим ўз адашуви туфайли аҳмоқлик қилиб тажовуз қилишга журъат этса, шубҳасиз, ўзининг заиф ва кичик ҳудудига қақшатқич ва қатъий жавоб олади".
Таъкидлаш лозимки, гуруҳ етакчиси ва аъзоларининг 4 нафари муқаддам содир этган жиноятлари учун умрининг маълум бир қисмини панжара ортида ўтказган бўлсаларда, ўз хатоларидан тўғри хулоса чиқаришмаган.
Япониянинг Киото шаҳридаги ATR “Computational Neuroscience” лабораторияси томонидан инсон онгининг сирли олами — тушларни ёзиб олиш ва уларни қайта тиклаш бўйича илғор технология ишлаб чиқилди.
Марказ Марказий Осиё минтақасида илмий тадқиқотлар, мутахассисларни тайёрлаш, технологиялар ва тажриба алмашиш, шунингдек, «ёшил» ва барқарор ривожланишни тарғиб қилиш учун платформа бўлади.
Ижтимоий тармоқларда Сурхондарё вилоятида етиштирилган қовун маҳсулотларида гўёки нитрат миқдори меъёрдан ортиқ экани ва уни истеъмол қилган фуқаролар заҳарланаётгани ҳақида хабарлар тарқалди.
Исроил армияси ўзини ҳимоя қилиш доирасида Ғазо секторидаги амалиётини кенгайтирмоқда, бироқ гаровга олинганларни озод қилиш бўйича келишувга эришилса, “ҳаракатларини тузатишга” тайёр.
Давлат хавфсизлик хизматининг Тошкент вилояти бўйича бошқармаси ходимлари томонидан ички ишлар органлари билан ҳамкорликда синтетик гиёҳвандлик воситалари айланмасига чек қўйишга қаратилган тезкор тадбир ўтказилди.
Кёдо агентлиги хабарига кўра, бўш турган лавозимга аҳоли орасида машҳур бўлган ёш сиёсатчи, собиқ бош вазир Жуничиро Коидзумининг ўғли Синдзиро Коидзуми тайинланади.
“Репорт” нинг хабар беришича , ташкилот сайтидаги овоз бериш жараёнининг транслятсиясига кўра, йиғилишда қатнашган 124 нафар иштирокчи давлат келишувни ёқлаб, 0 нафари қарши овоз берган. 11 давлат, жумладан Исроил, Эрон, Италия, Полша, Россия ва Словакия бетараф қолди. Шартномани маъқуллаш учун 83 овознинг кўпчилик овози керак эди.
“Репорт” нинг хабар беришича , армия матбуот хизмати баёнотига кўра, “Темир излар” 401-зирҳли бригадасининг жанговар муҳандислик батальонида хизмат қилган 22 ёшли сержант Ёзеф Еҳуда Хирак ҳалок бўлган.