Mirziyoyev ertaga Turkiyaga jo‘nab ketishi kutilmoqda

Mirziyoyev ertaga Turkiyaga jo‘nab ketishi kutilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ertaga, 15 mart kuni Turkiyaga jo‘nab ketadi.

O‘zbekiston rahbari Prezident Rajab Toyib Erodo‘g‘anning taklifiga binoan 16 mart kuni Anqarada Turkiy Davlatlar Tashkilotiga a’zo davlatlar Davlat rahbarlarining navbatdan tashqari sammitida ishtirok etadi.

Shuningdek, tashkilotga a’zo davlatlar Prezidentlari 15 mart oqshomida norasmiy kechki ovqat dasturxoni atrofida to‘planadi.

Sammitda O‘zbekiston nomidan katta delegasiya ham ishtirok etishi kutilmoqda. Ular orasida Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov ham bor.

Prezident qarorgohida Turkiya Prezidenti janob Rajab Toyib Erdo‘g‘an mezbonligida bo‘lib o‘tadigan sammitda TDTga a’zo va kuzatuvchi davlatlarning davlat/hukumat rahbarlari hamda TDT Bosh kotibi qatnashadi.

“Favqulodda vaziyatlarni boshqarish va insonparvarlik yordami” mavzusiga bag‘ishlangan sammit, Turkiyaning janubiy va janubi-sharqiy mintaqalarida sodir bo‘lgan zilzila falokati tufayli yuzaga kelgan favqulodda kun tartibining eng yuqori darajada muhokama qilinadigan platformasini yaratadi. Rahbarlar tabiiy ofatlarga qarshi kurashda tashkilot doirasida mustahkam ko‘p tomonlama hamkorlik va muvofiqlashtirish mexanizmlarini o‘rnatishga e’tibor qaratadilar hamda mintaqadagi dolzarb muammolar yuzasidan maslahatlashadilar.

Sammit dasturi yakunida davlat rahbarlari Anqara deklarasiyasini imzolaydilar.

TDT Tashqi ishlar vazirlari kengashi o‘sha kuni ertalab Anqarada yig‘ilib, Davlat rahbarlari muhokama qiladigan kun tartibi masalalari bo‘yicha yakuniy ishlarni amalga oshiradi.

Favqulodda sammitga Binali Yildirim raisligidagi TDT Oqsoqollar Kengashi a’zolari hamda Turk Hamkorlik Tashkiloti Prezidentlari va Bosh Kotiblari ishtirok etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!