Mirziyoyev eng katta boyligi haqida gapirdi

Mirziyoyev eng katta boyligi haqida gapirdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi prezident maktabiga tashrifi chog‘ida pedagoglar bilan ham muloqotda bo‘ldi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

“Yuragimdagi gapimni bilishlaringizni xohlayman: men sizlarga eng katta boyligimni ishonib topshiryapman. Bolalarimizning ko‘zini, bilimini, g‘urur-iftixorini ko‘rib, yo‘limiz to‘g‘ri ekaniga ishonch hosil qildim. Islohotlarimizga, farzandlarimiz tarbiyasiga yelkadosh bo‘lganingiz uchun sizlarga minnatdorlik bildiraman”, - dedi O‘zbekiston prezidenti

O‘quvchilarning ota-onalari va ilm-fan namoyandalari bilan uchrashuvda O‘zbekistonda uchinchi renessans davri boshlanayotgani ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda ilk prezident maktabi ochilgani xabar qilingan edi. 168 o‘ringa mo‘ljallangan maktab binosi va yotoqxona, 15 o‘rinli o‘qituvchilar mehmonxonasi yuksak darajada bunyod etilgan. Prezident maktablari joriy yilda Nukus, Xiva va Namangan shaharlarida ham ochiladi. 2020 yilda Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida, 2021 yilda Andijon, Navoiy, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida qurilishi rejalashtirilgan.

Manba: sof. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!