Mirishkorda 114 yoshli Hayit momoga tug‘ilgan haqida guvohnoma berildi

Mirishkorda 114 yoshli Hayit momoga tug‘ilgan haqida guvohnoma berildi

Mirishkor tuman Yuksalish mahallasida yashovchi Hayit Bayramova 114 yildan buyon shaxsini tasdiqlovchi hujjatsiz yashab kelgan.

Hayit momoning farzandi Mirishkor tuman Adliya bo‘limiga 1908 yilda tug‘ilgan onasining tug‘ilganlik faktini belgilashda amaliy yordam so‘rab murojaat etgan. Adliya bo‘limi to‘plangan hujjatlarni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kasbi tumanlararo sudiga kiritdi.

Shundan so‘ng bo‘lib o‘tgan sayyor sudda Hayit Bayramovaning tug‘ilganlik fakti belgilangandi. Hayit Bayramovaga tug‘ilganlik haqida guvohnoma berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Bildirilgan fikrlar (3 )

    Азим
    Шу пайтгаша нимага берилмади ?
    Шерзод
    Шу ёшларга кириш насиб килсин бизларга хам
    Ammor
    Esdan chiqqan olish ham berish ham. Muammoku ishingiz tushmaganda tushmasin ham