Milliy gvardiya Navoiyda talon-torojning oldini oldi

Milliy gvardiya Navoiyda talon-torojning oldini oldi

Joriy yilning 05 aprel kuni soat 21:00larda Navoiy viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi 1-alohida otryadi tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlari Karmana tuman Navoiy iqtisodiy zonasida joylashgan ob’ektlar atrofida yo‘nalish bo‘ylab xizmat olib borayotgan vaqtlarida, ushbu hududdagi ishlab chiqarish zavodlaridan birining darvozasi oldida DSP mahsulotlari yuklangan sariq rangli “Nexia” rusumli avtotransport vositasi shubhali tarzda turganligini aniqlashgan.

  Zudlikda mazkur obyekt atrofi ko‘zdan kechirilganda shubhali shaxslar yashirinib yotganligi aniqlanib, ushlangan hamda holatga aniqlik kiritish maqsadida voqea joyiga Karmana tumani 1-sonli IIB tegishli  xizmat xodimlari  chaqirtirilib, o‘rnatilgan tartibda daliliy ashyolar bilan topshirilgan.

  Dastlabki surishtiruv natijasida ushbu shaxslar DSP ishlab chiqarish zavodida qorovul bo‘lib ishlovchi 1994 yilda Navbahor tumanida tug‘ilgan fuqaro X.I. hamda “Nexia” rusumli avtotransport vositasi egasi 1995 yilda Navbahor tumanida tug‘ilgan X.E., daliliy ashyo sifatida olingan  qurilish mahsulotlarining umumiy bahosi 4.200.000 (to‘rt million ikki yuz ming) so‘m ekanligi aniqlangan. Hozirda holat yuzasidan IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!