Miiliarder o‘ziga tegishli Apple aksiyalarining yarmini sotdi

Miiliarder o‘ziga tegishli Apple aksiyalarining yarmini sotdi

Amerikalik milliarder Uorren Baffetning Berkshire Hathaway moliyaviy xoldingi Apple’dagi aksiyalarining salkam yarmini sotib yubordi. Xolding ixtiyorida qolgan aksiyalar paketi 84,2 milliard dollarga baholanmoqda, deb xabar beradi Wall Street Journal.

Bu ikkinchi chorakda, boshqa qimmatli qog‘ozlarning ommaviy sotuvi oqibatida sodir bo‘lgan. Aprel iyun oylarining o‘zida Berkshire 75,5 milliard dollarlik aksiyalarini sotgan bo‘lib, natijada pul zaxirasi 276,94 milliard dollargacha oshgan.

Nashrning yozishicha, aksiyalar sotuvi va katta miqdorda pulning to‘planishi Baffetga yaxshi daromad keltiradigan, investisiya kiritish mumkin bo‘lgan sohalarni topishda qiyinchilik tug‘diradi. Amerika fond bozori o‘smoqda: S&P 500 indeksi 20 yillik o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan salkam 16 barobarga katta darajada savdo qildi.

Baffet may oyida, Berkshire aksionerlarning yillik yig‘ilishida Apple ko‘rsatkichlarini maqtab, korporasiyaning biznesi American Express va Coca-Cola’nikidan yaxshiroq ekanini aytgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!