Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishga sabab bo‘ladigan qoidabuzarliklar e’lon qilindi

Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishga sabab bo‘ladigan qoidabuzarliklar e’lon qilindi

IIV tashabbusi bilan ishlab chiqilgan hujjat deportasiya ko‘zda tutilgan huquqbuzarliklar ro‘yxatini kengaytiradi, deydi Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin.

Ular orasida:

🔸huquq tartibot organi xodimlarining qonuniy buyrug‘iga bo‘ysunmaslik;
🔸migrasiya uchun ro‘yxatdan o‘tishda noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etish
mayda bezorilik;
🔸nasistlar yoki ekstremistik belgilarning ommaviy namoyishi;
🔸belgilangan qoidalarni buzgan holda yoki bu maqsad uchun belgilanmagan joylarda quroldan otish;
🔸terrorizm yoki ekstremizmga ommaviy chaqiriqlar, terrorizm yoki ekstremizmni oqlash.

Ushbu moddalar bilan ayblanganda sud qarorisiz zudlik bilan chiqarib yuborish mumkin bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!