MIB yana bir kelinning 59 turdagi sepini olib berdi
Yozyovondagi qishloq ahli yaqinda bir voqeani muhokama qilishdan to‘xtamay qo‘ydi. Qaysi xonadonga kirsangiz, gap shundan boshlanadi:
— “Eshitdingmi, falonchi kelinning sepini ijrochilar kelib olib ketishibdi!”
Ha, bu voqea haqiqatan ham o‘rnak bo‘larli, biroq kim uchun — shu haqda bir mulohaza qilaylik.
Qizu yigit “qalblar uyg‘un bo‘ldi”, “sevgi jahonni qutqaradi” deb o‘ylab, qonuniy nikohsiz hayot boshlashdi.
Bir necha oy o‘tmay, shirin hayotning tuzi ko‘rina boshladi. Qiz —erining tabiatiga chiday olmadi. Esa esa er — sabrning ham oxiri borligini isbotladi.
Masalaga qaynotasi aralashganda esa ish butunlay izdan chiqdi.
Gap, maslahat o‘rniga urush, mushtlashuv bo‘ldi. Har kim o‘zini haq deb o‘yladi. Lekin haqiqat — jim turdi.
Sep — muhabbatning o‘lchovi emas.
Qaynota qizini olib ketdi. Sep haqida gap chiqdi.
Kuyov taraf: “To‘yga xarajat qilganmiz, shu sep narsalarini sotib, xarajatni qopladik”, — dedi.
Kelin taraf esa: “Bu mening haq-huquqim, sud hal qilsin”, — dedi.
Sud o‘rgandi, hisobladi, va qaror qildi: kelinning 59 turdagi jami mol-mulki qaytarilsin.
Ijro varaqasi MIB Yozyovon tumaniga keldi. Ogohlantirishlar berildi. Ammo kuyov taraf “sep”ni berishni istamadi.
Oqibatda davlat ijrochilari ishga kirishdi. Huquq tantana qildi — kelin o‘z haqini oldi.
