Meva-sabzavot sifati bo‘yicha bir qator davlatlarning milliy talablari o‘rganiladi

Meva-sabzavot sifati bo‘yicha bir qator davlatlarning milliy talablari o‘rganiladi

Prezident raisligida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmoqlarida investisiyalar va eksportni ko‘paytirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

Mutasaddilarga 5 ta laboratoriyani xalqaro akkreditasiyadan o‘tkazib, xorijiy davlatlar karantin xizmatlari ro‘yxatiga kiritish, yil yakunigacha Toshkent shahrida Referens laboratoriya tashkil qilib, xususiy laboratoriyalar ishini xalqaro standartlarga mosligini ta’minlash topshirildi.

Bundan buyon, xalqaro tan olingan reagentlar import bojidan ozod qilinadi, ularga majburiy ekologik sertifikat olish talab etilmaydi.
Shuningdek, meva-sabzavot sifati bo‘yicha Yaponiya, Koreya, Avstraliya, Kanada kabi davlatlarning milliy talablari o‘rganilib, o‘zimizda joriy qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!