Metroda begona qizga shilqimlik qilgan yigit javobgarlikka tortiladi

Metroda begona qizga shilqimlik qilgan yigit javobgarlikka tortiladi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir yigitning metroda notanish qizga shilqimlik qilgani aks etgan video tarqaldi. Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati tasvirdagi yigitning shaxsi aniqlanib, unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilganini ma’lum qildi.

Videodan ko‘rish mumkinki, yigit metroda ketish jarayonida begona qizning qo‘lini ushlashga harakat qilgan. Qiz undan o‘zini olib qochishga uringaniga qaramay, yigit yana unga nisbatan shilqimlik qilishda davom etgan va bu harakatni sherigi yordamida tasvirga olib, ijtimoiy tarmoq orqali tarqatgan. Keyinroq boshqa video e’lon qilgan va unda bu harakat prank ekani hamda uning videosi noto‘g‘ri talqin qilinayotganini aytib, uzr so‘rab chiqqan.

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, metroda shilqimlik qilgan yigitning shaxsi aniqlanib, unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (Shahvoniy shilqimlik qilish) bilan bayonnoma rasmiylashtirilgan va chora ko‘rish uchun sudga yuborilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!