Messidan so‘ng "Barselona" safida bu ishni qiladigan mard topildi!

"Barselona" 2021 yildan beri birinchi marta jarima zarbasidan gol urdi.
“Real Betis”ga qarshi o‘yinning 62-daqiqasida vinger Ferran Torres hisobni 3:0 ko‘rinishiga olib keldi. U to‘pni jonli devor yonidan o‘tkazib, gol urdi.
Shu kungacha jarima zarbasidan gol urgan "Barselona"ning so‘nggi futbolchisi Lionel Messi edi. U 2021 yilning may oyida “Valensiya” darvozasini ishg‘ol qilgan, shundan beri “blaugrana” bunday gol urmagan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)