Messidan futbolka olgan afg‘onistonlik bolakay ko‘chada qoldi

Messidan futbolka olgan afg‘onistonlik bolakay ko‘chada qoldi

2016 yilda afg‘onistonlik bolakay Murtoz Ahmadiyning sellofan paketdan Messining futbolkasini yasab, to‘p o‘ynab yurgani tasvirlangan fotosuratlar dunyo matbuotida tarqalgan edi.

Shundan so‘ng, argentinalik futbolchi Murtozni izlab topib, u bilan uchrashdi va futbolkasini sovg‘a qildi.

EFE xabariga ko‘ra, ayni paytda bolakay uysiz qolgan. Murtoz yashaydigan qishloqda harbiy harakatlar o‘tkazilganidan so‘ng, uning uyi batamom buzilgan. Shundan so‘ng, u oilasi bilan qochqinlar uchun mo‘ljallangan boshpanaga ko‘chib o‘tgan.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!