Messi JCH-2022'da foydalangan liboslarini juda katta pulga sotadi

Messi JCH-2022'da foydalangan liboslarini juda katta pulga sotadi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messining Qatarda bo‘lib o‘tgan 2022 yilgi jahon chempionatida kiygan futbolkalar kolleksiyasi Sotheby's auksionida sotilmoqda.

To‘plamdan oltita futbolka, jumladan, argentinalik futbolchining Fransiyaga qarshi finalda (3:3, penaltilar – 4:2) maydonda kiygan futbolkalari bor. Hozircha futbolkalar uchun 5,2 million dollar taklif qilishgan.

Lionel Messi Argentina terma jamoasi bilan 2022 yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqdi va faoliyatida ilk bor jahon chempioni bo‘ldi. 36 yoshli futbolchi sakkiz karra “Oltin to‘p” sovrinining rekordchisi hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!