Messi: «Futbol qaytdi va men sovg‘a ulashishga tayyorman!»

Messi: «Futbol qaytdi va men sovg‘a ulashishga tayyorman!»

«Barselona» sardori Lionel Messi La Liganing tiklanishi borasida o‘z hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Mavsum to‘xtatilgan paytda juda ko‘p o‘yladim. O‘zimni boshqa futbolchilar kabi his qilyapman. Shunchaki o‘ynashni xohlayman. Futbol o‘ynash – bu sovg‘a. Odamlarni ilhomlantirish kerak.

Eng katta sovg‘a boshqalarni mamnun qilishdir. Futbol qaytdi va men sovg‘a ulashishga tayyorman», – deb yozadi argentinalik «instagram»dagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» La Liga doirasida bugun, 13 iyun kuni «Malyorka» mehmoni bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!