Messi «Barselona»ga qaytishni istamoqda

Messi «Barselona»ga qaytishni istamoqda

"PSJ" hujumchisi Lionel Messi «Barselona»ga qaytish haqida o‘ylamoqda.

Agar kataloniyaliklar munosib taklif berishsa, 35 yoshli futbolchi yozda "Kamp Nou"ga qaytishi mumkin. Messining "Barsa"ga qaytish istagi oilasi bilan bog‘liq bo‘lib, ular Ispaniyada istiqomat qilishni istashmoqda.

Hozirgi paytda Messi va Joan Laporta o‘rtasidagi kelishmovchilikka barham berilgan. "Barsa" prezidenti 2021 yilgi voqea uchun futbolchidan uzr so‘radi.

Eslatib o‘tamiz, Messi yozda erkin agentga aylanadi. "PSJ" esa uni o‘z safida olib qolishga urinmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!