Messi «Barselona»da tekinga o‘ynashga tayyor!

Messi «Barselona»da tekinga o‘ynashga tayyor!

Lionel Messi «Barselona»ga qaytish uchun hamma narsaga tayyor. Futbolchining o‘zi va uning otasi Xorxe Mesi «Al-Hilol» va «Inter Mayami» klublaridan Leoning «Barselona»ga o‘tishida yordam berishni so‘radi.

Gap shundaki, La liga reglamentiga ko‘ra, futbolchi klub bilan maoshi juda kam bo‘lgan yoki nolga teng bo‘lgan shartnoma tuzishi mumkin emas. Ammo o‘yinchi boshqa jamoadan ijaraga olinsa, bunday shart bilan futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. Demak, Messi rasman «Al-Hilol» yoki «Inter Mayami» a’zosiga aylanib, "Kamp Nou"da ijara asosida bepul o‘ynaydi. Shunda "Barsa" moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzmagan holda Lionelni o‘z safiga qo‘sha oladi.

Messining «PSJ» bilan shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga yetadi va u erkin agentga aylanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!