Merkel: Rossiyaning keng miqyosli jangga kirishi kutilmagan hodisa emas

Merkel: Rossiyaning keng miqyosli jangga kirishi kutilmagan hodisa emas

Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel Spiegel jurnaliga intervyu berdi. Deyarli bir yil oldin, Rossiyaning Ukrainaga yaqinlashib kelayotgan bostirib kirishi haqidagi ogohlantirishlar yangrayotgan bir paytda Merkel kansler lavozimini tark etgan edi.

Merkel iste’foga chiqqanidan keyin bergan ilk intervyusida "Men ketganimdan keyin sokin vaqt o‘tkazishni xohlardim, chunki Ukraina masalasida ko‘p shug‘ullanishimga to‘g‘ri keldi", degan edi.

"Ammo bu syurpriz bo‘lmadi. Minsk kelishuvi buzildi. 2021 yilning yozida, prezidentlar Bayden va Putin uchrashganidan so‘ng, men Yevropa Ittifoqi Kengashida Putin va Emmanuel Makron bilan muhokama o‘tkazish uchun mustaqil Yevropa formatini yaratmoqchi edim. Ammo kimdir e’tiroz bildira boshladi va men endi o‘z qarorimda turib olishga kuch topa olmadim, chunki hamma kuzda lavozimimdan ketishimni bilar edi", dedi Germaniyaning sobiq kansleri.

Merkelning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha yilning avgust oyida Moskvaga so‘nggi tashrifi chog‘ida unga nisbatan munosabat o‘zgargan: "Kuch siyosati nuqtai nazaridan, sen oxirgi manzilga yetding. Putin uchun faqat hokimiyat muhim".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!