Merkel Putin tomonga o‘tdi

Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiyning tinch yo‘l bilan hal qilish shartlarini bir tomonlama belgilay olmasligini ma’lum qildi.
Uning aytishicha, qarorlar xalqaro hamkorlar bilan birgalikda va barcha tomonlar, shu jumladan Rossiya manfaatlarini inobatga olgan holda qabul qilinishi lozim.
"Diplomatiya vaqti kelganda, bu masalani yolg‘iz Zelenskiy emas, balki Ukraina o‘z tarafdorlari bilan birgalikda hal qilishi kerak," - dedi Merkel. Uning so‘zlarini Berliner Zeitung gazetasi keltirgan. Shuningdek, sobiq kansler mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal etishda Rossiya manfaatlarini hisobga olish muhimligini ta’kidladi.
Shu bilan birga, sobiq kansler Putinning "o‘z ixtiyoridagi vositalar yordamida Yevropa Ittifoqini zaiflashtirishga urinayotgani"ni ta’kidladi, ammo muzokaralar jarayonida har qanday holatda ham barcha tomonlarning nuqtai nazari inobatga olinishi lozimligini qo‘shimcha qildi.
Bundan oldin Angela Merkel Ukrainadagi inqirozni hal etish uchun diplomatik sa’y-harakatlarni kuchaytirish zarurligini aytgan edi.