"Men shifokorning eriman": Baydenning fojiaga bag‘ishlangan nutqi tanqidlarga sabab bo‘lmoqda (VIDEO)

"Men shifokorning eriman": Baydenning fojiaga bag‘ishlangan nutqi tanqidlarga sabab bo‘lmoqda (VIDEO)

AQSh prezidenti Jo Baydenning Neshvill maktabida sodir bo‘lgan otishma yuzasidan murojaati tanqidlarga sabab bo‘lmoqda.

«Mening ismim Jo Bayden. Men doktor Baydenning turmush o‘rtog‘iman. Va men Choco Chip muzqaymoqini yaxshi ko‘raman», deb boshlagan nutqini prezident. Uning gapi esa kulgiga sabab bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda bu holat tanqidlarga sabab bo‘ldi.

«Bu bizning prezident ekaniga ishona olmayman. So‘zim yo‘q», «Bu odam psixopat yigit begunoh bolalarni o‘ldirgandan keyin hazil qilmoqda», «Iltimos, bu otishma sodir bo‘lganidagi kulgi va hazillarni tushuntirib bering», - deb yozishgan amerikaliklar.

Ma’lumot uchun, Neshvill maktabida 28 yoshli Odri Elizabet Xeyl ikkita avtomat bilan qurollangan holda binoga kirib, otishma sodir bo‘lgan.

Oqibatda uch bola halok bo‘lgan. Jinoyatchi polisiya tomonidan yo‘q qilingan. Ommaviy axborot vositalarida Xeyl avvalroq ushbu maktabda tahsil olgani haqida xabar berilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!