22 avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Muloqot chog‘ida tadbirkorlar uchun qator o‘zgarishlar bo‘lishini e’lon qildi.
Qashqadaryo viloyatining eng chekka tumanlaridan biri — Dehqonobodda faoliyat yurituvchi tadbirkor 27 yoshli Feruza Norsafarova prezidentning tadbirkorlarga yaratib berayotgan imkoniyatlaridan ilhomlanib, bu boradagi fikrlarini «Daryo» bilan bo‘lishdi.
Prezident uchrashuv shaxsan men uchun uzoq kutilgan va orzumni amalga oshirishimga imkon beruvchi uchrashuvlardan biri bo‘ldi. Shaxsan davlat rahbarining o‘zi biz tadbirkorlar muammosi bilan qiziqayotgani, bizga imokoniyat berayotgani quvonarli hol. Va tanlagan yo‘limizdan har qancha faxrlanishimizga arzirlik voqea desak, xato qilmagan bo‘laman.
Bilasizmi, dadam ham tadbirkor bo‘lgani uchun yoshligimdan tadbirkorlik nonini yedim. Imkon qadar ko‘proq daromad topib, tadbirkorligimizni rivojlantirish yo‘llarini izladim. 24 yoshimdayoq davlat rahbarining qo‘llab-quvvatlovi bilan dadamning biznesidan alohida biznesimni yo‘lga qo‘ydim. Milliardlab mablag‘im bor, qo‘l ostimda 31 nafar xodim faoliyat yuritadi. Kechagi uchrashuv va davlat rahbari yaratib berayotgan imkoniyat sabab esa endi biznesimni ikki karra rivojlantiraman, — deydi dehqonobodlik tadbirkor Feruza Norsafarova.
Feruza Norsafarova davlat rahbarining tadbirkorlik korxonalarini toifalarga ajratib, ularni qo‘llab-quvvatlashga harakat qilayotgani u uchun ayni muddao bo‘lganini aytmoqda.
Kecha tadbirkorlik korxonalari toifalarga ajratilib, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha alohida yondashuvlar belgilanishi e’lon qilindi. 1 milliard so‘mgacha bo‘lgani — mikrobiznes bo‘lsa, 10 milliard so‘mgacha bo‘lgani — kichik biznes, 100 milliard so‘mgacha bo‘lgani o‘rta biznes sifatida talqin qilinib, tadbirkorlarga yengilliklar berilmoqda. Mikrobiznes uchun yagona soliq stavkasi 2023 yil 1 yanvardan boshlab mikrobiznes uchun aylanmadan olinadigan soliqning amaldagi 4 foizdan 25 foizgacha bo‘lgan soliq stavkalari o‘rniga, yagona 4 foizli soliq stavkasi joriy etilmoqda. Olis hududlardagi va alohida toifadagi tadbirkorlar uchun amaldagi 1 va 2 foizli stavkalar saqlab qolinar ekan. Oldingi tartib bo‘yicha, «oboroti» bir yilda 100 million so‘m bo‘lgan tadbirkor 4 million so‘mdan 25 million so‘mgacha soliq to‘lagan bo‘lsa, endi esa yagona stavka — 4 million so‘m to‘laydi. Bu savdo aylanmasi miqdoridan kelib chiqib, o‘zgarishi mumkin. Ya’ni, masalan, 1 milliard so‘m aylanmaga ega bo‘lganlar 250 million o‘rniga 40 million to‘laydi. Xo‘sh, bundan ortiq bizga yana nima kerak? Faqat ishlash va mehnat qilish qoldi», — deydi tadbirkor.
Tadbirkorning fikricha, yangiliklar sabab endilikda tadbirkor va soliqchi qalin do‘st bo‘ladi.
Yana bir quvonchli jihati, tarbirkor o‘z xohishi bilan 20-30 million so‘m soliq to‘lasa, buxgalteriya hisobini yuritish va o‘sha hisobotni soliq idoralariga yuborishi shart bo‘lmaydi. Bu orqali tadbirkor, birinchidan, 40 milliondan kamroq soliq to‘laydi, ikkinchidan qog‘ozbozlikdan ozod bo‘ladi. Hozirgi mavjud soliq solish tartibi mantiqqa zid edi. Tadbirkorlarni kamroq aylanma qilishga, natijada kamroq pul topishga majburlardi. Natijada tadbirkorlar birovlarning nomiga soxta yuridik shaxslar ochib, soliqdan chegirib qolishga urinishadi, yoki norasmiy ishlashga, naqd pulda oldi-berdi qilishga o‘tib ketishadi. Yangi tartib tadbirkorlar uchun xotirjam ishlashga, soliq yukidan cho‘chimaslikka imkoniyat beradi. Natijada esa hamma — ham biznes, ham davlat yutib chiqadi. Tadbirkor va soliqchi qalin do‘st bo‘ladi, — deydi tadbirkor ayol.
Tadbirkor kelajakda aynan prezidentdan «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor» unvonini olish niyati borligini aytmoqda.
Shu yurtda tug‘ilganimdan, aynan O‘zbekistonda tadbirkorlik qilayotganimdan judayam mamnunman. To‘g‘ri, kim uchundir bu balandparvoz gap bo‘lib tuyular, ammo ishoning, prezidentimiz yaratib berayotgan imkoniyat sabab men va men kabi tadbirkorlar soatiga boyib boryapmiz. Kechagi imkoniyat esa hammasidan zo‘ri bo‘ldi. Xullas, bir gap bilan aytganda, men baxtliman va yanayam baxtli bo‘lish uchun menda barcha imkoniyatlar bor. Ishontirib aytamanki, kelajakda aynan prezidentimizdan «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor» unvonini ham olaman, — deydi u.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.
2024 йил ноябридан режалаштирилган ва 2025 йилда амалга оширилган «Қизил тўй» операцияси давомида Исроил ҳарбий ҳаво кучлари 12 дақиқа ичида Эроннинг 10 нафар юқори лавозимли ҳарбий раҳбарини йўқ қилишга эришди. Бу операция Эрон мудофаа тизимида жиддий нуқсон борлигини намойиш этди.
Ўзбекистон футболининг иқтидорли ёшлари халқаро майдонда ўзини кўрсатиш имкониятига эга бўлмоқда. “Пахтакор” клуби ҳужумчиси Саидумархон Саиднуруллаев ҳамда “Сурхон” сафида тўп сурувчи икки ёш футболчи — Беҳруз Каримов ва Беҳруз Шукуруллаев Англиянинг машҳур “Куинз Парк Рейнжерс” (КПР) клубида кўрикдан ўтиш учун Лондонга йўл олишди.
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
Супер яримўрта вазн тоифасида WBA чемпиони Теренс Кроуфорд яна бир бор ушбу йўналишдаги собиқ жаҳон чемпиони Исроил Мадримов билан бўлган жангини эслади.
АҚШ президенти Дональд Трамп ўзи Эронга қарши уюштирган зарбаларни “том маънода ҳарбий муваффақият” деб атаб мақтаган бир пайтда, демократлар уни ваколатини ошириб юборганликда айблашди.
Мексика президенти Клаудия Шейнбаум видеомурожаатида минтақадаги барча тадбирлар тўхтатилганини таъкидлади ва аҳолини уйда ёки бошпаналарда қолишга чақирди.
БМТ 2024 йилда болаларга қарши ҳарбий низолардаги зўравонликлар «мисли кўрилмаган даража»га етганини маълум қилди. Энг кўп ҳуқуқбузарликлар Ғазо ва ишғол этилган Ғарбий соҳилда Исроил армияси томонидан содир этилган.
20 июнь куни “Eco Expo Central Asia 2025” халқаро экологик технологиялар кўргазмаси доирасида Қозоғистон Республикаси Экология ва табиий ресурслар вазири Ерлан Нйсанбаев иштирокчиларнинг кўргазма стендлари билан танишди. Юқори мартабали меҳмонга Ўзбекистон Республикаси Экология, атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва иқлим ўзгариши вазири Азиз Абдуҳакимов ҳамроҳлик қилди.
Европа Иттифоқи Россия билан кўп йиллик энергетик алоқаларга чек қўйишни режалаштирмоқда. Яқинда қабул қилинган таклифга кўра, ЕИ 2027 йил охиригача Россиядан табиий ва суюлтирилган газ импорт қилишни тўхтатиш учун юридик мажбурий механизмлар жорий этмоқчи.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган видеода 8 нафар қиз келин либосида “Эр керак” деб ёзилган плакатлар билан марказий кўчаларни айланиб юргани акс эттирилган.